أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ قُدَامَةَ، عَنْ جَرِيرٍ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أُرْسِلُ الْكِلاَبَ الْمُعَلَّمَةَ فَتُمْسِكُ عَلَىَّ فَآكُلُ مِنْهُ قَالَ " إِذَا أَرْسَلْتَ الْكِلاَبَ - يَعْنِي الْمُعَلَّمَةَ - وَذَكَرْتَ اسْمَ اللَّهِ فَأَمْسَكْنَ عَلَيْكَ فَكُلْ " . قُلْتُ وَإِنْ قَتَلْنَ قَالَ " وَإِنْ قَتَلْنَ مَا لَمْ يَشْرَكْهَا كَلْبٌ لَيْسَ مِنْهَا " . قُلْتُ وَإِنِّي أَرْمِي الصَّيْدَ بِالْمِعْرَاضِ فَأُصِيبُ فَآكُلُ قَالَ " إِذَا رَمَيْتَ بِالْمِعْرَاضِ وَسَمَّيْتَ فَخَزَقَ فَكُلْ وَإِذَا أَصَابَ بِعَرْضِهِ فَلاَ تَأْكُلْ " .
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men: ‹Yo Rasululloh, men oʻrgatilgan itlarni qoʻyib yuboraman, ular men uchun ovni ushlab tutadi, shundan yeyaveraymi?› dedim. U zot: ‹Oʻrgatilgan itlarni Allohning nomini zikr qilib qoʻyib yuborsang, ular sen uchun ushlab tutsalar, yeyaver›, dedilar. ‹Ular oʻldirib qoʻysa ham-a?› dedim. U zot: ‹Ular oʻldirib qoʻysa ham, ammo ularga oʻzlaridan boʻlmagan begona bir it qoʻshilmagan boʻlsa, yeyaver›, dedilar. ‹Men ovni miʼroz bilan otaman, unga tegizaman, shundan yeyaveraymi?› dedim. U zot: ‹Miʼroz bilan otganingda Allohning nomini zikr qilgan boʻlsang va u sanchilib kirsa, yeyaver; agar u koʻndalangi bilan tegsa, yema›, dedilar», dedi.