أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ آدَمَ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدَةُ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ وَهْبِ بْنِ كَيْسَانَ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ بَعَثَنَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَنَحْنُ ثَلاَثُمِائَةٍ نَحْمِلُ زَادَنَا عَلَى رِقَابِنَا فَفَنِيَ زَادُنَا حَتَّى كَانَ يَكُونُ لِلرَّجُلِ مِنَّا كُلَّ يَوْمٍ تَمْرَةٌ . فَقِيلَ لَهُ يَا أَبَا عَبْدِ اللَّهِ وَأَيْنَ تَقَعُ التَّمْرَةُ مِنَ الرَّجُلِ قَالَ لَقَدْ وَجَدْنَا فَقْدَهَا حِينَ فَقَدْنَاهَا فَأَتَيْنَا الْبَحْرَ فَإِذَا بِحُوتٍ قَذَفَهُ الْبَحْرُ فَأَكَلْنَا مِنْهُ ثَمَانِيَةَ عَشَرَ يَوْمًا .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bizni uch yuz kishi qilib joʻnatdilar. Biz oziq-ovqatimizni yelkalarimizda koʻtarib yurdik. Oxiri oziqimiz tugab, har birimizga kuniga bittadan xurmo tegadigan boʻlib qoldi. Unga: «Ey Abu Abdulloh, bir kishiga bitta xurmo qanday yordam beradi?» deyildi. U: «Xurmomiz tugaganida uning yoʻqligini yaxshi his qildik. Soʻng dengizga keldik. Bir vaqt dengiz irgʻitib chiqargan bir katta baliqni koʻrdik-da, undan oʻn sakkiz kun yedik», dedi.