أَخْبَرَنَا زِيَادُ بْنُ أَيُّوبَ، قَالَ حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ بَعَثَنَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مَعَ أَبِي عُبَيْدَةَ فِي سَرِيَّةٍ فَنَفِدَ زَادُنَا فَمَرَرْنَا بِحُوتٍ قَدْ قَذَفَ بِهِ الْبَحْرُ فَأَرَدْنَا أَنْ نَأْكُلَ مِنْهُ فَنَهَانَا أَبُو عُبَيْدَةَ ثُمَّ قَالَ نَحْنُ رُسُلُ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَفِي سَبِيلِ اللَّهِ كُلُوا . فَأَكَلْنَا مِنْهُ أَيَّامًا فَلَمَّا قَدِمْنَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَخْبَرْنَاهُ فَقَالَ " إِنْ كَانَ بَقِيَ مَعَكُمْ شَىْءٌ فَابْعَثُوا بِهِ إِلَيْنَا " .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bizni Abu Ubayda bilan bir sariyya qilib joʻnatdilar. Oziqimiz tugab qoldi. Soʻng dengiz irgʻitib chiqargan bir katta baliq oldidan oʻtdik. Biz undan yemoqchi boʻldik, ammo Abu Ubayda bizni qaytardi. Soʻng: «Biz Rasululloh ﷺ ning elchilarimiz va Alloh yoʻlidamiz, yeyaveringlar», dedi. Biz undan bir necha kun yedik. Rasululloh ﷺ ning huzurlariga kelganimizda, unga xabar berdik. U zot: «Agar yoningizda undan bir narsa qolgan boʻlsa, bizga ham joʻnatinglar», dedilar.