أَخْبَرَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، عَنْ أَبِي الأَحْوَصِ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ مَسْرُوقٍ، عَنْ عَبَايَةَ بْنِ رِفَاعَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، رَافِعِ بْنِ خَدِيجٍ قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّا نَلْقَى الْعَدُوَّ غَدًا وَلَيْسَ مَعَنَا مُدًى . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَا أَنْهَرَ الدَّمَ وَذُكِرَ اسْمُ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ فَكُلُوا مَا لَمْ يَكُنْ سِنًّا أَوْ ظُفْرًا وَسَأُحَدِّثُكُمْ عَنْ ذَلِكَ أَمَّا السِّنُّ فَعَظْمٌ وَأَمَّا الظُّفْرُ فَمُدَى الْحَبَشَةِ " .
Rofiʼ ibn Xadij (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, biz ertaga dushmanga duch kelamiz, ammo yonimizda pichoq yoʻq», dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Qonni oqizgan va ustidan Alloh azza va jallaning nomi zikr etilgan narsa bilan boʻgʻizlangan hayvonni yeyaveringlar, faqat tish yoki tirnoq bilan boʻgʻizlangan boʻlmasin. Buning sababini sizga aytib beraman: tish suyakdir, tirnoq esa habashlarning pichogʻidir», dedilar.