أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، - وَهُوَ ابْنُ زَكَرِيَّا بْنِ أَبِي زَائِدَةَ - عَنِ ابْنِ حَيَّانَ، - يَعْنِي مَنْصُورًا - عَنْ عَامِرِ بْنِ وَاثِلَةَ، قَالَ سَأَلَ رَجُلٌ عَلِيًّا هَلْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُسِرُّ إِلَيْكَ بِشَىْءٍ دُونَ النَّاسِ فَغَضِبَ عَلِيٌّ حَتَّى احْمَرَّ وَجْهُهُ وَقَالَ مَا كَانَ يُسِرُّ إِلَىَّ شَيْئًا دُونَ النَّاسِ غَيْرَ أَنَّهُ حَدَّثَنِي بِأَرْبَعِ كَلِمَاتٍ وَأَنَا وَهُوَ فِي الْبَيْتِ فَقَالَ " لَعَنَ اللَّهُ مَنْ لَعَنَ وَالِدَهُ وَلَعَنَ اللَّهُ مَنْ ذَبَحَ لِغَيْرِ اللَّهِ وَلَعَنَ اللَّهُ مَنْ آوَى مُحْدِثًا وَلَعَنَ اللَّهُ مَنْ غَيَّرَ مَنَارَ الأَرْضِ " .
Omir ibn Vosila (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Aliydan: «Rasululloh ﷺ boshqa odamlardan yashirin holda senga biror narsani sir qilib aytganmilar?» deb soʻradi. Shunda Aliy shu qadar gʻazablandiki, hatto yuzi qizarib ketdi va: «U zot odamlardan yashirin holda menga hech narsani sir qilib aytmaganlar. Faqat men u zot bilan uyda birga boʻlganimizda, menga toʻrtta soʻzni aytdilar», dedi. Rasululloh ﷺ: «Otasini laʼnatlagan kishini Alloh laʼnatladi; Allohdan gʻayriga atab soʻygan kishini Alloh laʼnatladi; bidʼatchini panohiga olgan kishini Alloh laʼnatladi; yer chegara belgilarini oʻzgartirgan kishini Alloh laʼnatladi», dedilar.