أَخْبَرَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَابِسٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ دَخَلْتُ عَلَى عَائِشَةَ فَقُلْتُ أَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَنْهَى عَنْ لُحُومِ الأَضَاحِي بَعْدَ ثَلاَثٍ قَالَتْ نَعَمْ أَصَابَ النَّاسَ شِدَّةٌ فَأَحَبَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يُطْعِمَ الْغَنِيُّ الْفَقِيرَ ثُمَّ قَالَ لَقَدْ رَأَيْتُ آلَ مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم يَأْكُلُونَ الْكُرَاعَ بَعْدَ خَمْسَ عَشْرَةَ قُلْتُ مِمَّ ذَاكَ فَضَحِكَتْ فَقَالَتْ مَا شَبِعَ آلُ مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم مِنْ خُبْزٍ مَأْدُومٍ ثَلاَثَةَ أَيَّامٍ حَتَّى لَحِقَ بِاللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: (Abis der edi:) Men Oishaning oldiga kirib: «Rasululloh ﷺ qurbonlik goʻshtlarini uch kundan keyin yeyishdan qaytarganmidilar?» dedim. U: «Ha. Odamlarga ochlik yetgan edi, shuning uchun Rasululloh ﷺ boyning kambagʻalni taomlantirishini istadilar», dedi. Soʻng: «Men Muhammad ﷺ oilasi tuyoq goʻshtini oʻn besh kundan keyin ham yeganini koʻrardim», dedi. Men: «Bu nima sababdan?» dedim. U kulib: «Muhammad ﷺ oilasi vafot etib Aziz va Jalil boʻlgan Allohga qovushgunlaricha, uch kun ketma-ket qatiq qoʻshilgan nondan toʻymadilar», dedi.