أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرٍو، عَنْ صُهَيْبٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، يَرْفَعُهُ قَالَ " مَنْ قَتَلَ عُصْفُورًا فَمَا فَوْقَهَا بِغَيْرِ حَقِّهَا سَأَلَ اللَّهُ عَزَّ جَلَّ عَنْهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ " . قِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَمَا حَقُّهَا قَالَ " حَقُّهَا أَنْ تَذْبَحَهَا فَتَأْكُلَهَا وَلاَ تَقْطَعْ رَأْسَهَا فَيُرْمَى بِهَا " .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Kim bir chumchuqni yoki undan kattaroq jonivorni nohaq oʻldirsa, qiyomat kunida Alloh azza va jalla undan bu haqda soʻroq qiladi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, uning haqi nima?» deyildi. U zot: «Uning haqi shuki, uni soʻyib yeyishingdir. Boshini kesib, uloqtirib tashlamasliging kerak», dedilar.