أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ جَاءَ عَبْدٌ فَبَايَعَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى الْهِجْرَةِ وَلاَ يَشْعُرُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ عَبْدٌ فَجَاءَ سَيِّدُهُ يُرِيدُهُ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " بِعْنِيهِ " . فَاشْتَرَاهُ بِعَبْدَيْنِ أَسْوَدَيْنِ ثُمَّ لَمْ يُبَايِعْ أَحَدًا بَعْدُ حَتَّى يَسْأَلَهُ أَعَبْدٌ هُوَ
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir qul kelib, Rasululloh ﷺga hijrat qilishga bayʼat berdi. Nabiy ﷺ esa uning qul ekanini bilmasdilar. Soʻng uni izlab xoʻjasi keldi. Nabiy ﷺ: «Uni menga sot», dedilar-da, uni ikkita qora qul evaziga sotib oldilar. Shundan keyin u zot birontasidan, u qulmi yoki yoʻqmi deb soʻramaguncha bayʼat olmadilar.