أَخْبَرَنَا عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ خَرَجَتْ جَارِيَةٌ عَلَيْهَا أَوْضَاحٌ فَأَخَذَهَا يَهُودِيٌّ فَرَضَخَ رَأْسَهَا وَأَخَذَ مَا عَلَيْهَا مِنَ الْحُلِيِّ فَأُدْرِكَتْ وَبِهَا رَمَقٌ فَأُتِيَ بِهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " مَنْ قَتَلَكِ فُلاَنٌ " . قَالَتْ بِرَأْسِهَا لاَ . قَالَ " فُلاَنٌ " . قَالَ حَتَّى سَمَّى الْيَهُودِيَّ قَالَتْ بِرَأْسِهَا نَعَمْ فَأُخِذَ فَاعْتَرَفَ فَأَمَرَ بِهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَرُضِخَ رَأْسُهُ بَيْنَ حَجَرَيْنِ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir joriya zeb-ziynatlar taqib chiqqan edi. Bir yahudiy uni ushlab, boshini ezdi va ustidagi taqinchoqlarni oldi. U jon berayotgan holda topildi va Rasululloh ﷺ huzurlariga keltirildi. U zot: «Seni kim oʻldirdi? Falonchimi?» dedilar. U boshi bilan «yoʻq» ishorasini qildi. U zot: «Falonchimi?» dedilar. Nihoyat oʻsha yahudiyning nomini aytganlarida, u boshi bilan «ha» ishorasini qildi. Bas, u (yahudiy) tutildi va iqror boʻldi. Shunda Rasululloh ﷺ buyurdilar, uning boshi ikki tosh orasida ezib tashlandi.