أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَنْبَأَنَا مُعَاذُ بْنُ هِشَامٍ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ بُدَيْلِ بْنِ مَيْسَرَةَ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ صَفْوَانَ بْنِ يَعْلَى ابْنِ مُنْيَةَ، أَنَّ أَجِيرًا، لِيَعْلَى ابْنِ مُنْيَةَ عَضَّ آخَرُ ذِرَاعَهُ فَانْتَزَعَهَا مِنْ فِيهِ فَرَفَعَ ذَلِكَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَقَدْ سَقَطَتْ ثَنِيَّتُهُ فَأَبْطَلَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَقَالَ " أَيَدَعُهَا فِي فِيكَ تَقْضَمُهَا كَقَضْمِ الْفَحْلِ " .
Yaʼlo ibn Umayya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, uning bir ishchisining bilagini boshqa bir kishi tishlab oldi. Ishchi bilagini uning ogʻzidan tortib olganida, tishlaganning oldingi tishi tushib ketgan holda bu ish Paygʻambar ﷺ huzurlariga koʻtarildi. Rasululloh ﷺ uni botil qildilar va: «U bilagini sening ogʻzingga qoʻyib, sen uni aygʻir tishlagandek tishlashing uchun tashlab qoʻyadimi?» dedilar.