أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ رَافِعٍ، قَالَ حَدَّثَنَا مُصْعَبٌ، قَالَ حَدَّثَنَا دَاوُدُ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ ضَرَبَتِ امْرَأَةٌ ضَرَّتَهَا بِحَجَرٍ وَهِيَ حُبْلَى فَقَتَلَتْهَا فَجَعَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مَا فِي بَطْنِهَا غُرَّةً وَجَعَلَ عَقْلَهَا عَلَى عَصَبَتِهَا فَقَالُوا نُغَرَّمُ مَنْ لاَ شَرِبَ وَلاَ أَكَلْ وَلاَ اسْتَهَلّ فَمِثْلُ ذَلِكَ يُطَلّ فَقَالَ " أَسَجْعٌ كَسَجْعِ الأَعْرَابِ هُوَ مَا أَقُولُ لَكُمْ " .
Ibrohim an-Naxaʼiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol homilador boʻlgan kundoshini tosh bilan urib oʻldirib qoʻydi. Shunda Rasululloh ﷺ uning qornidagi homila uchun bir qulni (diyat) qildilar, ayolning diyatini esa uning asabasi (erkak qarindoshlari) zimmasiga qoʻydilar. Shunda ular: «Na ichgan, na yegan, na (tugʻilib) ovoz chiqargan kimsaning diyatini toʻlaymizmi? Bunday narsa esa bekor ketishi kerak», dedilar. U zot: «Aʼrobiylarning qofiyabozligiday qofiyabozlikmi bu? Men sizlarga aytayotgan narsa ana shudir», dedilar.