أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ الأَخْنَسِ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قَالَ سُئِلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي كَمْ تُقْطَعُ الْيَدُ قَالَ " لاَ تُقْطَعُ الْيَدُ فِي ثَمَرٍ مُعَلَّقٍ فَإِذَا ضَمَّهُ الْجَرِينُ قُطِعَتْ فِي ثَمَنِ الْمِجَنِّ وَلاَ تُقْطَعُ فِي حَرِيسَةِ الْجَبَلِ فَإِذَا آوَى الْمُرَاحَ قُطِعَتْ فِي ثَمَنِ الْمِجَنِّ " .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasulullohdan ﷺ: «Qoʻl qancha (mol oʻgʻirlangani) uchun kesiladi?» deb soʻralgan edi, u zot: «Daraxtdagi (osilib turgan) meva uchun qoʻl kesilmaydi. Ammo (meva) xirmonga yigʻilgach, qalqon narxicha (oʻgʻirlangani) uchun kesiladi. Togʻda (yaylovda) yurgan qoʻy uchun qoʻl kesilmaydi. Ammo u qoʻraga kiritilgach, qalqon narxicha (oʻgʻirlangani) uchun kesiladi», dedilar.