أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ مَنْصُورٍ، قَالَ حَدَّثَنَا الْمُعَلَّى بْنُ أَسَدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا مُطِيعُ بْنُ مَيْمُونٍ، حَدَّثَتْنَا صَفِيَّةُ بِنْتُ عِصْمَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ امْرَأَةً، مَدَّتْ يَدَهَا إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِكِتَابٍ فَقَبَضَ يَدَهُ فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَدَدْتُ يَدِي إِلَيْكَ بِكِتَابٍ فَلَمْ تَأْخُذْهُ . فَقَالَ " إِنِّي لَمْ أَدْرِ أَيَدُ امْرَأَةٍ هِيَ أَوْ رَجُلٍ " . قَالَتْ بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ . قَالَ " لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol Nabiy ﷺga bir maktubni berish uchun qoʻlini uzatdi, u zot esa qoʻllarini tortdilar. Shunda ayol: «Ey Allohning Rasuli, men sizga bir maktub berish uchun qoʻlimni uzatdim, siz esa uni olmadingiz», dedi. U zot: «Men uning ayol qoʻlimi yoki erkak qoʻli ekanini bilmadim», dedilar. Ayol: «Bu ayol qoʻlidir», dedi. U zot: «Agar ayol boʻlganingda, tirnoqlaringni xino bilan oʻzgartirgan boʻlarding», dedilar.