أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ مَسْعُودٍ، قَالَ حَدَّثَنَا خَالِدٌ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم اتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ وَجَعَلَ فَصَّهُ مِمَّا يَلِي كَفَّهُ فَاتَّخَذَ النَّاسُ خَوَاتِيمَ فَطَرَحَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَقَالَ " لاَ أَلْبَسُهُ أَبَدًا " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ oltindan uzuk yasatib, uning koʻzini kaftlari tarafiga qilib taqdilar. Shunda odamlar ham uzuklar taqadigan boʻlishdi. Bas, Nabiy ﷺ uni tashlab yubordilar va: «Buni hech qachon taqmayman», dedilar.