أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ مَنْصُورٍ، قَالَ حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ عَلِيٍّ، عَنْ أَبِي عُمَيْسٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي مُوسَى، قَالَ أَتَانِي نَاسٌ مِنَ الأَشْعَرِيِّينَ فَقَالُوا اذْهَبْ مَعَنَا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَإِنَّ لَنَا حَاجَةً. فَذَهَبْتُ مَعَهُمْ فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ اسْتَعِنْ بِنَا فِي عَمَلِكَ. قَالَ أَبُو مُوسَى فَاعْتَذَرْتُ مِمَّا قَالُوا وَأَخْبَرْتُ أَنِّي لاَ أَدْرِي مَا حَاجَتُهُمْ فَصَدَّقَنِي وَعَذَرَنِي. فَقَالَ " إِنَّا لاَ نَسْتَعِينُ فِي عَمَلِنَا بِمَنْ سَأَلَنَا ".
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ashʼariylardan bir necha kishi mening oldimga kelib: «Biz bilan Rasululloh ﷺ huzuriga borgin, bizning bir hojatimiz bor», deyishdi. Men ular bilan bordim. Ular: «Ey Allohning Rasuli, bizni oʻz ishingizga xizmatga oling», deyishdi. Men ularning aytganlaridan uzr soʻradim va ularning hojatlari nimaligini bilmaganimni aytdim. U ﷺ meni tasdiqlab, uzrimni qabul qildilar va: «Biz oʻz ishimizga soʻragan kishini xizmatga olmaymiz», dedilar.