أَخْبَرَنَا أَبُو دَاوُدَ، قَالَ حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ عُمَرَ، قَالَ أَنْبَأَنَا يُونُسُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ كَعْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ تَقَاضَى ابْنَ أَبِي حَدْرَدٍ دَيْنًا كَانَ عَلَيْهِ فَارْتَفَعَتْ أَصْوَاتُهُمَا حَتَّى سَمِعَهُمَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ فِي بَيْتِهِ فَخَرَجَ إِلَيْهِمَا فَكَشَفَ سِتْرَ حُجْرَتِهِ فَنَادَى " يَا كَعْبُ " . قَالَ لَبَّيْكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ . قَالَ " ضَعْ مِنْ دَيْنِكَ هَذَا " . وَأَوْمَأَ إِلَى الشَّطْرِ قَالَ قَدْ فَعَلْتُ . قَالَ " قُمْ فَاقْضِهِ " .
Kaʼb ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Ibn Abu Hadraddan zimmasidagi qarzni talab qildi. Ularning ovozlari koʻtarilib ketdi, hatto uyida boʻlgan Rasululloh ﷺ ularni eshitdilar. U zot ularning oldiga chiqib, hujralarining pardasini koʻtardilar-da: «Ey Kaʼb!» deb nido qildilar. U: «Labbayk, ey Rasululloh», dedi. U zot: «Qarzingdan mana shuni tushirib qoʻy», deb yarmiga ishora qildilar. U: «Qildim (kechdim)», dedi. U zot (qarzdorga): «Turgin-da, uni ado etgin», dedilar.