أَخْبَرَنَا الْحَسَنُ بْنُ أَحْمَدَ الْكَرْمَانِيُّ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو الرَّبِيعِ، قَالَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ أَبِي أُمَامَةَ بْنِ سَهْلِ بْنِ حُنَيْفٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أُتِيَ بِامْرَأَةٍ قَدْ زَنَتْ فَقَالَ " مِمَّنْ " . قَالَتْ مِنَ الْمُقْعَدِ الَّذِي فِي حَائِطِ سَعْدٍ . فَأَرْسَلَ إِلَيْهِ فَأُتِيَ بِهِ مَحْمُولاً فَوُضِعَ بَيْنَ يَدَيْهِ فَاعْتَرَفَ فَدَعَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِإِثْكَالٍ فَضَرَبَهُ وَرَحِمَهُ لِزَمَانَتِهِ وَخَفَّفَ عَنْهُ .
Abu Umoma ibn Sahl ibn Hunayf (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺning oldilariga zino qilgan bir ayol keltirildi. U zot: «Kimdan?» dedilar. U ayol: «Saʼdning bogʻidagi shol boʻlib qolgan kishidan», dedi. U zot uning oldiga odam yubordilar, uni koʻtarib olib kelishdi va u zotning oldilariga qoʻyishdi. U iqror boʻldi. Shunda Rasululloh ﷺ bir shingil xurmo shoxini soʻrab, uni urdilar. U zotning majruhligiga rahmlari kelib, unga yengillik berdilar.