أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنِ الْقَعْقَاعِ بْنِ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِي يُونُسَ، مَوْلَى عَائِشَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ أَمَرَتْنِي عَائِشَةُ أَنْ أَكْتُبَ لَهَا مُصْحَفًا فَقَالَتْ إِذَا بَلَغْتَ هَذِهِ الآيَةَ فَآذِنِّي { حَافِظُوا عَلَى الصَّلَوَاتِ وَالصَّلاَةِ الْوُسْطَى } فَلَمَّا بَلَغْتُهَا آذَنْتُهَا فَأَمْلَتْ عَلَىَّ حَافِظُوا عَلَى الصَّلَوَاتِ وَالصَّلاَةِ الْوُسْطَى وَصَلاَةِ الْعَصْرِ وَقُومُوا لِلَّهِ قَانِتِينَ . ثُمَّ قَالَتْ سَمِعْتُهَا مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U zot menga oʻzlari uchun bir mushaf koʻchirib yozishimni buyurdilar va: «Mana bu oyatga yetganingda menga xabar ber», dedilar: {Namozlarni, xususan, oʻrtadagi namozni saqlanglar}. Men unga yetganimda, u zotga xabar berdim, shunda ular menga: {Namozlarni, xususan, oʻrtadagi namozni va asr namozini saqlanglar hamda Alloh uchun itoat etgan holda turinglar}, deb aytib turdilar. Soʻng: «Buni Rasululloh ﷺdan eshitganman», dedilar.