أَخْبَرَنَا مُوسَى بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ حَدَّثَنَا حُسَيْنٌ، عَنْ زَائِدَةَ، عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَتَعَوَّذُ بِهَؤُلاَءِ الْكَلِمَاتِ كَانَ يَقُولُ " اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْكَسَلِ وَالْهَرَمِ وَالْجُبْنِ وَالْبُخْلِ وَسُوءِ الْكِبَرِ وَفِتْنَةِ الدَّجَّالِ وَعَذَابِ الْقَبْرِ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ mana bu kalimalar bilan panoh soʻrar edilar, u zot: «Allohumma inniy aʼuzu bika minal-kasali val-harami val-jubni val-buxli va suil-kibari va fitnatid-dajjoli va azobil-qabri (Ey Alloh, men Sendan dangasalikdan, keksalikdan, qoʻrqoqlikdan, baxillikdan, yomon qarilikdan, Dajjol fitnasidan va qabr azobidan panoh soʻrayman)», deb aytar edilar.