أَخْبَرَنَا سَوَّارُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ سَوَّارٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَهَّابِ بْنُ عَبْدِ الْمَجِيدِ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَفْدَ عَبْدِ الْقَيْسِ حِينَ قَدِمُوا عَلَيْهِ عَنِ الدُّبَّاءِ وَعَنِ النَّقِيرِ وَعَنِ الْمُزَفَّتِ وَالْمَزَادَةِ الْمَجْبُوبَةِ وَقَالَ " انْتَبِذْ فِي سِقَائِكَ وَأَوْكِهِ وَاشْرَبْهُ حُلْوًا " . قَالَ بَعْضُهُمُ ائْذَنْ لِي يَا رَسُولَ اللَّهِ فِي مِثْلِ هَذَا . قَالَ " إِذًا تَجْعَلَهَا مِثْلَ هَذِهِ " . وَأَشَارَ بِيَدِهِ يَصِفُ ذَلِكَ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Abdulqays qabilasining vakillari huzurlariga kelganlarida, ularni dubbo (qovoq idish), naqiyr (oʻyilgan xurmo yogʻochidan yasalgan idish), muzaffat va ogʻzi kesib tashlangan katta meshdan nahiy qildilar hamda: «Nabizni meshingda ivit, ogʻzini bogʻlab qoʻy va uni shirin holida ich», dedilar. Ulardan biri: «Ey Allohning Rasuli, menga shunga oʻxshaganini ruxsat bering», dedi. U zot: «U holda uni buning misli qilib qoʻyasan», dedilar va qoʻllari bilan ishora qilib buni tasvirlab berdilar.