أَخْبَرَنَا سُوَيْدُ بْنُ نَصْرٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا عَبْدُ اللَّهِ، عَنْ عُيَيْنَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ قَالَ رَجُلٌ لاِبْنِ عَبَّاسٍ إِنِّي امْرُؤٌ مِنْ أَهْلِ خُرَاسَانَ وَإِنَّ أَرْضَنَا أَرْضٌ بَارِدَةٌ وَإِنَّا نَتَّخِذُ شَرَابًا نَشْرَبُهُ مِنَ الزَّبِيبِ وَالْعِنَبِ وَغَيْرِهِ وَقَدْ أُشْكِلَ عَلَىَّ . فَذَكَرَ لَهُ ضُرُوبًا مِنَ الأَشْرِبَةِ فَأَكْثَرَ حَتَّى ظَنَنْتُ أَنَّهُ لَمْ يَفْهَمْهُ فَقَالَ لَهُ ابْنُ عَبَّاسٍ إِنَّكَ قَدْ أَكْثَرْتَ عَلَىَّ اجْتَنِبْ مَا أَسْكَرَ مِنْ تَمْرٍ أَوْ زَبِيبٍ أَوْ غَيْرِهِ .
Uyayna ibn Abdurrahmon (rahimahulloh) otasidan rivoyat qiladi: Bir kishi Ibn Abbosga: «Men Xurosonlik odamman, bizning yerimiz sovuq yer. Biz mayiz, uzum va boshqa narsalardan bir ichimlik tayyorlab, uni ichamiz. Bu menga qorongʻu boʻlib qoldi», dedi va unga ichimliklarning turlarini shu qadar koʻp sanadiki, hatto men uni tushunmagan boʻlsa kerak deb oʻyladim. Shunda Ibn Abbos unga: «Sen menga koʻp narsani aytding. Xurmodan boʻladimi, mayizdan boʻladimi yoki boshqadan boʻladimi — mast qiluvchi har qanday narsadan saqlan», dedi.