قَالَ الْحَارِثُ بْنُ مِسْكِينٍ قِرَاءَةً عَلَيْهِ وَأَنَا أَسْمَعُ، عَنِ ابْنِ الْقَاسِمِ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنِ السَّائِبِ بْنِ يَزِيدَ، أَنَّهُ أَخْبَرَهُ أَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ خَرَجَ عَلَيْهِمْ فَقَالَ إِنِّي وَجَدْتُ مِنْ فُلاَنٍ رِيحَ شَرَابٍ فَزَعَمَ أَنَّهُ شَرَابُ الطِّلاَءِ وَأَنَا سَائِلٌ عَمَّا شَرِبَ فَإِنْ كَانَ مُسْكِرًا جَلَدْتُهُ فَجَلَدَهُ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رضى الله عنه الْحَدَّ تَامًّا .
Soib ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, Umar ibn al-Xattob ularning oldiga chiqib: «Men falon kishidan ichimlik hidini sezdim, u esa uni tilo (uzum sharbatidan qaynatib quyultirilgan ichimlik) deb daʼvo qildi. Men u ichgan narsa haqida soʻrayman, agar u mast qiluvchi boʻlsa, uni qamchilayman», dedi. Soʻng Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) uni haddi toʻliq qamchiladi.