أَخْبَرَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ يَزِيدَ بْنِ كَيْسَانَ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبُو حَازِمٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ عَرَّسْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَلَمْ نَسْتَيْقِظْ حَتَّى طَلَعَتِ الشَّمْسُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لِيَأْخُذْ كُلُّ رَجُلٍ بِرَأْسِ رَاحِلَتِهِ فَإِنَّ هَذَا مَنْزِلٌ حَضَرَنَا فِيهِ الشَّيْطَانُ " . قَالَ فَفَعَلْنَا فَدَعَا بِالْمَاءِ فَتَوَضَّأَ ثُمَّ صَلَّى سَجْدَتَيْنِ ثُمَّ أُقِيمَتِ الصَّلاَةُ فَصَلَّى الْغَدَاةَ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan birga kechaning oxirida qoʻnib tunadik va quyosh chiqmaguncha uygʻonmadik. Shunda Rasululloh ﷺ: «Har bir kishi ulovining boshini ushlab olsin, chunki bu shaytonimiz hozir boʻlgan bir manzildir», dedilar. Biz shunday qildik. Soʻng suv soʻrab, taharat oldilar. Keyin ikki rakaat oʻqidilar. Soʻng iqomat aytildi va bomdodni oʻqidilar.