أَخْبَرَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ هَارُونَ، قَالَ حَدَّثَنَا حَاتِمُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ أَنْبَأَنَا جَعْفَرُ بْنُ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ سَارَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حَتَّى أَتَى عَرَفَةَ فَوَجَدَ الْقُبَّةَ قَدْ ضُرِبَتْ لَهُ بِنَمِرَةَ فَنَزَلَ بِهَا حَتَّى إِذَا زَاغَتِ الشَّمْسُ أَمَرَ بِالْقَصْوَاءِ فَرُحِّلَتْ لَهُ حَتَّى إِذَا انْتَهَى إِلَى بَطْنِ الْوَادِي خَطَبَ النَّاسَ ثُمَّ أَذَّنَ بِلاَلٌ ثُمَّ أَقَامَ فَصَلَّى الظُّهْرَ ثُمَّ أَقَامَ فَصَلَّى الْعَصْرَ وَلَمْ يُصَلِّ بَيْنَهُمَا شَيْئًا .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ yoʻlga chiqib, Arafotga yetib keldilar. U yerda Namira degan joyda ular uchun chodir tikilganini koʻrdilar va oʻsha yerda tushdilar. Quyosh ogʻganida Qasvo (nomli tuya)ni buyurdilar, u egarlab keltirildi. Vodiyning oʻrtasiga yetib borganlarida odamlarga xutba oʻqidilar. Soʻng Bilol azon aytdi, keyin iqomat qildi va u zot peshin namozini oʻqidilar. Soʻng (Bilol yana) iqomat qildi va u zot asr namozini oʻqidilar. Ular ikkisining orasida boshqa hech narsa oʻqimadilar.