أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، أَنَّ سُوَيْدَ بْنَ قَيْسٍ، حَدَّثَهُ عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ حُدَيْجٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى يَوْمًا فَسَلَّمَ وَقَدْ بَقِيَتْ مِنَ الصَّلاَةِ رَكْعَةٌ فَأَدْرَكَهُ رَجُلٌ فَقَالَ نَسِيتَ مِنَ الصَّلاَةِ رَكْعَةً فَدَخَلَ الْمَسْجِدَ وَأَمَرَ بِلاَلاً فَأَقَامَ الصَّلاَةَ فَصَلَّى لِلنَّاسِ رَكْعَةً فَأَخْبَرْتُ بِذَلِكَ النَّاسَ فَقَالُوا لِي أَتَعْرِفُ الرَّجُلَ قُلْتُ لاَ إِلاَّ أَنْ أَرَاهُ فَمَرَّ بِي فَقُلْتُ هَذَا هُوَ . قَالُوا هَذَا طَلْحَةُ بْنُ عُبَيْدِ اللَّهِ .
Muoviya ibn Hudayj (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kuni namoz oʻqidilar va namozdan bir rakat qolib turganida salom berdilar. Bir kishi ularga yetib kelib: «Namozdan bir rakat unutdingiz», dedi. Shunda u zot masjidga kirdilar va Bilolga buyurdilar; u namozga iqomat qildi va u zot odamlarga bir rakat oʻqib berdilar. Men buni odamlarga aytib berdim. Ular menga: «U kishini tanaysanmi?» deyishdi. Men: «Yoʻq, faqat koʻrsam tanirdim», dedim. Soʻng u yonimdan oʻtdi va men: «Mana shu kishi», dedim. Ular: «Bu Talha ibn Ubaydulloh», dedilar.