أَخْبَرَنَا أَبُو دَاوُدَ، قَالَ حَدَّثَنَا يَعْلَى، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ عَمْرَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا أَرَادَ أَنْ يَعْتَكِفَ صَلَّى الصُّبْحَ ثُمَّ دَخَلَ فِي الْمَكَانِ الَّذِي يُرِيدُ أَنْ يَعْتَكِفَ فِيهِ فَأَرَادَ أَنْ يَعْتَكِفَ الْعَشْرَ الأَوَاخِرَ مِنْ رَمَضَانَ فَأَمَرَ فَضُرِبَ لَهُ خِبَاءٌ وَأَمَرَتْ حَفْصَةُ فَضُرِبَ لَهَا خِبَاءٌ فَلَمَّا رَأَتْ زَيْنَبُ خِبَاءَهَا أَمَرَتْ فَضُرِبَ لَهَا خِبَاءٌ فَلَمَّا رَأَى ذَلِكَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " آلْبِرَّ تُرِدْنَ " . فَلَمْ يَعْتَكِفْ فِي رَمَضَانَ وَاعْتَكَفَ عَشْرًا مِنْ شَوَّالٍ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ eʼtikof qilmoqchi boʻlsalar, bomdodni oʻqib, soʻng eʼtikof qilmoqchi boʻlgan joylariga kirardilar. U zot Ramazonning oxirgi oʻn kunida eʼtikof qilmoqchi boʻldilar va buyurdilar, ular uchun chodir tikildi. Hafsa ham buyurdi, uning uchun ham chodir tikildi. Zaynab uning chodirini koʻrgach, u ham buyurdi, uning uchun ham chodir tikildi. Rasululloh ﷺ buni koʻrganlarida: «Yaxshilikni istayapsizlarmi?» dedilar. Soʻng u zot Ramazonda eʼtikof qilmadilar, Shavvolda oʻn kun eʼtikof qildilar.