أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَنْبَأَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، قَالَ حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنِ الأَسْوَدِ، قَالَ دَخَلْتُ أَنَا وَعَلْقَمَةُ، عَلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ فَقَالَ لَنَا أَصَلَّى هَؤُلاَءِ قُلْنَا لاَ . قَالَ قُومُوا فَصَلُّوا . فَذَهَبْنَا لِنَقُومَ خَلْفَهُ فَجَعَلَ أَحَدَنَا عَنْ يَمِينِهِ وَالآخَرَ عَنْ شِمَالِهِ فَصَلَّى بِغَيْرِ أَذَانٍ وَلاَ إِقَامَةٍ فَجَعَلَ إِذَا رَكَعَ شَبَّكَ بَيْنَ أَصَابِعِهِ وَجَعَلَهَا بَيْنَ رُكْبَتَيْهِ وَقَالَ هَكَذَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَعَلَ .
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Al-Asvad aytadi: Men va Alqama Abdulloh ibn Masʼudning huzuriga kirdik. U bizga: «Manavilar namoz oʻqishdimi?» dedi. Biz: «Yoʻq», dedik. U: «Turinglar, namoz oʻqinglar», dedi. Biz uning orqasida turmoqchi boʻlgan edik, u birimizni oʻng tomoniga, ikkinchimizni chap tomoniga turgʻizdi va azonsiz, iqomatsiz namoz oʻqidi. U rukuʼ qilganida barmoqlarini bir-biriga kiritib, tizzalari orasiga qoʻydi va: «Rasululloh ﷺ ana shunday qilganlarini koʻrganman», dedi.