- وعن ثابت عن أنس، رضي الله عنه قال: أتى على رسول الله صلى الله عليه وسلم وأنا ألعب مع الغلمان، فسلم علينا، فبعثنى في حاجةٍ، فأبطأت على أمي. فلما جئت قالت: ما حبسك؟ فقلت: بعثنى رسول الله صلى الله عليه وسلم لحاجة، قالت: ما حاجته؟ قلت: إنها سر.قالت: لا تخبرن بسر رسول الله صلى الله عليه وسلم أحداً. قال أنس: والله لو حدثت به أحداً لحدثتك به يا ثابت. ((رواه مسلم، وروى البخارى بعضه مختصراً)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men bolalar bilan oʻynab turganimda Rasululloh ﷺ oldimga keldilar-da, bizga salom berdilar va meni bir yumushga yubordilar. Shu sababli onamning oldiga (qaytishim) kechikdi. Kelganimda u: «Nega ushlanib qolding?» dedi. Men: «Rasululloh ﷺ meni bir yumushga yubordilar», dedim. U: «Qanday yumush ekan?» dedi. Men: «U sirdir», dedim. U: «Rasululloh ﷺning sirini hech kimga aytma», dedi. Anas (roziyallohu anhu): «Allohga qasamki, agar uni birovga aytadigan boʻlsam, senga aytardim, ey Sobit», dedi.