- وعن ابن عباس رضي الله عنهما أنه دفع مع النبي صلى الله عليه وسلم يوم عرفة فسمع النبي صلى الله عليه وسلم وراءه زجراً شديداً وضرباً وصوتاً للإبل، فأشار بسوطه إليهم وقال: “أيها الناس عليكم بالسكينة فإن البر ليس بالإيضاع" ((رواه البخاري، وروى مسلم بعضه)).
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Arafa kuni (Zulhijjaning toʻqqizinchisi) Paygʻambar ﷺ bilan birga (Arafatdan) qaytdim. Paygʻambar ﷺ ortlaridan katta shovqin-suron va tuyalarni (haydab) urish (tovushini) eshitdilar. Bas, u zot odamlarga qamchisi bilan ishora qilib: «Ey odamlar! Osoyishta boʻlinglar. Shoshilish — taqvodan (yaxshilikdan) emas», — dedilar.