- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: خطبنا رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: "يا أيها الناس إن الله قد فرض عليكم الحج فحجوا" فقال رجل: أكل عام يا رسول الله؟ فسكت، حتى قالها ثلاثًا فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "لو قلت نعم لوجبت، ولما استطعتم" ثم قال: "ذروني ما تركتكم، فإنما هلك من كان قبلكم بكثرة سؤالهم، واختلافهم على أنبيائهم، فإذا أمرتكم بشيء فأتوا منه ما استطعتم، وإذا نهيتكم عن شيء فدعوه". ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bizga xutba qilib: «Ey odamlar! Alloh sizlarga hajni farz qildi, bas, haj qilinglar», dedilar. Shunda bir kishi: «Har yilimi, yo Rasululloh?» dedi. (U zot) jim turdilar, hatto (u kishi buni) uch marta aytdi. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Agar men ‹ha› desam, (har yili) vojib boʻlib qolardi va sizlar (bunga) qodir boʻla olmasdingiz», dedilar. Soʻng (u zot): «Men sizlarni (oʻz holiga) qoʻygan ekanman, meni (savol bermay) qoʻyib qoʻyinglar. Zero, sizlardan oldingilar koʻp savol berganlari va paygʻambarlariga (qarshi) ixtilof qilganlari sababli halok boʻlganlar. Bas, agar men sizlarni biror narsaga buyursam, undan qoʻlingizdan kelganicha bajaringlar, agar sizlarni biror narsadan qaytarsam, uni tark etinglar», dedilar.