- وعنه أن امرأة قالت: يا رسول الله إن فريضة الله على عباده في الحج، أدركت أبي شيخًا كبيرًا، لا يثبت على الراحلة، أفأحج عنه؟ قال: "نعم". ((متفق عليه))
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Fazl (uning ukasi) Rasululloh ﷺ ning ortida (tuyada) minib borar edi va Xasʼam qabilasidan bir ayol keldi; Fazl unga qaray boshladi va u (ayol) ham unga qaray boshladi. Paygʻambar ﷺ Fazlning yuzini boshqa tomonga burdilar. Ayol: «Yo Rasululloh, Allohning oʻz bandalariga farz qilgan haji otam(ning zimmasi)ga vojib boʻlib qoldi — u keksa va kuchsiz; u ulovda mahkam oʻtira olmaydi. Men uning nomidan haj qilsam (boʻladimi)?» — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Ha, qila olasan», — deb javob berdilar. Bu — (Paygʻambar ﷺ ning) Vidoʼ hajida (soʻnggi hajida) boʻldi.