- وعن ابن عباس رضي الله عنهما أن النبي صلى الله عليه وسلم لقي ركبا بالروحاء فقال: "من القوم؟" قالوا: المسلمون. قالوا من أنت؟ قال: "رسول الله" فرفعت امرأة صبيًا فقالت: ألهذا حج؟ قال "نعم ولك أجر" ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: (Nabiy ﷺ) Ravhoʼda bir guruh otliqlarni uchratib: «Bu qavm kimlar?» dedilar. Ular: «Musulmonlar», dedilar. Soʻng ular: «Sen kimsan?» dedilar. (U zot): «Rasululloh (Allohning elchisi)man», dedilar. Shunda bir ayol unga bir bolani koʻtarib: «Buning ham haji boʻladimi?» dedi. (U zot): «Ha, senga esa ajr (bor)», dedilar.