- وعن سهل بن سعد رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "رباط يوم في سبيل الله خير من الدنيا وما عليها، وموضع سوط أحدكم من الجنة خير من الدنيا وما عليها، والروحة يروحها العبد في سبيل الله تعالى، أو الغدوة خير من الدنيا وما عليها. ((متفق عليه))
Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Alloh yoʻlida — musulmonlarni kofirlardan — bir kun qoʻriqlash (ribot qilish) — dunyo va uning yuzidagi barcha narsadan yaxshiroq(dir); jannatda — sizlardan birovning qamchisi (joylashadigan) kichik joy — dunyo va uning yuzidagi barcha narsadan yaxshiroq(dir); va banda (kishi) Alloh yoʻlida — ertalab yoki kechqurun — bosib oʻtadigan (bir martalik) safar — dunyo va uning yuzidagi barcha narsadan yaxshiroq(dir)», — dedi.