- وعن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "من رضي بالله ربًا وبالإسلام دينًا، وبمحمد رسولا وجبت له الجنة" فعجب لها أبو سعيد فقال أعدها علي يا رسول الله فأعادها عليه ثم قال: "وأخرى يرفع الله بها العبد مائة درجة في الجنة، ما بين كل درجتين، كما بين السماء والأرض" قال: وما هي يا رسول الله؟ قال: "الجهاد في سبيل الله، الجهاد في سبيل الله" ((رواه مسلم)).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ (unga): «Ey Abu Said! Kimki Allohni Robb, Islomni din, Muhammadni Nabiy deb (chin koʻngildan) rozi boʻlsa, unga jannat vojib boʻladi», — dedilar. Abu Said bunga taajjublanib: «Yo Rasululloh, buni menga yana takrorlang», — dedi. U zot takrorladilar, soʻng: «Yana bir (amal) borki, u bilan banda jannatda yuz daraja koʻtariladi — har ikki daraja orasi osmon bilan yer orasidek (uzoq)dir», — dedilar. (Abu Said): «U nima, yo Rasululloh?» — dedi. U zot: «Alloh yoʻlida jihod (qilish)! Alloh yoʻlida jihod (qilish)!» — dedilar.