- وعن أنس رضي الله عنه أن أم الربيع بنت البراء وهي أم حارثة بن سراقة أتت النبي صلى الله عليه وسلم فقالت: يا رسول الله ألا تحدثني عن حارثة. وكان قتل يوم بدر، فإن كان في الجنة صبرت، وإن كان غير ذلك اجتهدت عليه في البكاء، فقال: "يا أم حارثة إنها جنان في الجنة، وإن ابنك أصاب الفردوس الأعلى" ((رواه البخاري)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ummu Rubayyiʼ bint Baro — Horisa ibn Suroqaning onasi — Paygʻambar ﷺ ning oldiga kelib: «Yo Allohning Paygʻambari! Menga Horisa haqida aytib berasizmi?» — dedi (Horisa Badr kuni — kim otgani nomaʼlum bir oʻq bilan — oʻldirilgan (shahid boʻlgan) edi). U (yana): «Agar u jannatda boʻlsa, men sabr qilaman; aks holda, men uning uchun achchiq-achchiq yigʻlayman», — dedi. U zot: «Ey Horisaning onasi! Jannatda (koʻp) bogʻlar bor va sening oʻgʻling Firdavsi aʼlo (yaʼni jannatdagi eng yaxshi joy)ni oldi», — dedi.