- وعن عروة البارقي رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: الخيل معقود في نواصيها الخير إلى يوم القيامة: الأجر والمغنم" ((متفق عليه))
Urva al-Boriqiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Yaxshilik — otlarning peshonalarida (jihod uchun) — to Qiyomat kunigacha — (boqiy) qoladi; chunki ular — yo (oxiratda) savob, yo (bu dunyoda) oʻlja (gʻanimat) keltiradi», — dedi.