- وعنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "ستفتح عليكم أرضون ويكفيكم الله فلا يعجز أحدكم أن يلهو بأسهمه" ((رواه مسلم)).
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ni shunday deganlarini eshitdim: «Sizlarga (yana qancha) yerlar fath qilib beriladi va Alloh sizlarga (dushmaningizga qarshi) kifoya qiladi. Bas, biringiz oʻq otish (mashqi) bilan shugʻullanishdan ojiz qolmasin (uni tark etmasin)».