- وعن أبي موسى، رضي الله عنه أن أعرابيا أتى النبي صلى الله عليه وسلم فقال: يا رسول الله الرجل يقاتل للمغنم، والرجل يقاتل ليذكر، والرجل يقاتل ليرى مكانه؟ وفي رواية: يقاتل شجاعة، ويقاتل حَمِيّة. وفي رواية: ويقاتل غضبًا، فمن في سبيل الله؟ فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من قاتل لتكون كلمة الله هي العليا، فهو في سبيل الله" ((متفق عليه))
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir aʼrobiy Nabiy ﷺ huzuriga kelib: «Yo Rasululloh, bir kishi oʻlja uchun jang qiladi, bir kishi nom chiqarish uchun jang qiladi, yana bir kishi oʻz mavqeini koʻrsatish uchun jang qiladi. (Ulardan) qay biri Alloh yoʻlidadir?» dedi. Rasululloh ﷺ: «Kim Allohning kalimasi eng oliy boʻlishi uchun jang qilsa, oʻsha Alloh yoʻlidadir», dedilar.