- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "الشهداء خمسة: المطعون والمبطون، والغريق، وصاحب الهدم والشهيد في سبيل الله" ((متفق عليه))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir kishi yoʻldan ketayotganida, tikanli bir shoxni koʻrib, uni yoʻldan olib tashladi; Alloh uning bu ishidan rozi boʻldi va uni kechirdi», — dedilar. Soʻng Paygʻambar ﷺ: «Besh (xil kishi) shahiddir: vobo (taun)dan oʻlgan, qorin (ich) kasalligidan oʻlgan, choʻkib oʻlgan, (vayrona ostida) tirik koʻmilib oʻlgan va Alloh yoʻlida oʻldirilgan», — dedilar. (Paygʻambar ﷺ yana dedilar:) «Agar odamlar azon aytishning va (jamoatda) birinchi safda turishning savobini bilganlarida, uni qurʼa tashlamay ololmasa edi, qurʼa tashlar edi; agar peshin namozini erta (oʻz vaqtida) oʻqishning savobini bilganlarida, unga musobaqalashar edi; agar xufton va bomdod namozlarini jamoatda (oʻqish)ning savobini bilganlarida, hatto emaklab boʻlsa ham ularga kelar edi».