- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: جاء رجل إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: يا رسول الله أرأيت إن جاء رجل يريد أخذ مالي؟ قال: "فلا تعطه مالك" قال: أرأيت إن قاتلني؟ قال: "قاتله" قال: أرأيت إن قتلني قال: "فأنت شهيد" قال: أرأيت إن قتلته؟ قال: "هو في النار" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh ﷺ ning oldilariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, ayting-chi, agar bir kishi mening molimni olmoqchi boʻlib kelsa(-chi)?» dedi. (Paygʻambar): «Unga molingni berma», dedilar. U: «Ayting-chi, agar u men bilan jang qilsa(-chi)?» dedi. (Paygʻambar): «U bilan jang qil», dedilar. U: «Ayting-chi, agar u meni oʻldirsa(-chi)?» dedi. (Paygʻambar): «(Unda) sen shahidsan», dedilar. U: «Ayting-chi, agar men uni oʻldirsam(-chi)?» dedi. (Paygʻambar): «U doʻzaxda(dir)», dedilar.