- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "للعبد المملوك المصلح أجران، والذي نفس أبي هريرة بيده لولا الجهاد في سبيل الله والحج، وبر أمي لأحببت أن أموت وأنا مملوك" ((متفق عليه))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Solih (oʻz vazifasini yaxshi ado etadigan) qul uchun ikki ajr bordir», — dedilar. Abu Hurayraning joni qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, agar Alloh yoʻlidagi jihod, haj va onamga qilingan yaxshilik boʻlmaganida edi, qul holimda oʻlishni yaxshi koʻrgan boʻlardim. (Rovi) dedi: bizga shu xabar yetdiki, Abu Hurayra onasi vafot etgunga qadar, unga hamrohlik qilish (xizmatida boʻlish) uchun haj qilmas edi.