- وعن حذيفة رضي الله عنه قال: أتي الله تعالى بعبد من عباده آتاه الله مالا فقال له ماذا عملت في الدنيا؟ قال: ولا يكتمون الله حديثا- قال: يا رب آتيتني مالك فكنت أبايع الناس، وكان من خلقي الجواز فكنت أتيسر على الموسر وأنظر المعسر فقال الله تعالى: “"أنا أحق بذا منك، تجاوزوا عن عبدي" فقال عقبة بن عامر، وأبو مسعود الأنصاري رضي الله عنهما هكذا سمعناه من في رسول الله صلى الله عليه وسلم. ((رواه مسلم)).
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh taoloning huzuriga bandalaridan biri keltiriladi. Alloh unga mol bergan edi. (Alloh) unga: ‹Dunyoda nima qilding?› deydi — ular Allohdan hech soʻzni yashira olmaydilar — U: ‹Ey Robbim, menga oʻz molingni berding, men odamlar bilan savdo qilar edim. Kechirimlilik mening xulqim edi: boyga yengillik qilardim, qiyinchilikdagini kutardim›, deydi. Shunda Alloh taolo: ‹Men bunga sendan haqliroqman. Bandamdan kechinglar!›, deydi», dedilar. Uqba ibn Omir va Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhumo): «Biz buni Rasululloh ﷺ ogʻzidan shunday eshitganmiz», dedilar.