- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "ومن سلك طريقًا يلتمس فيه علما سهل الله له به طريقًا إلى الجنة" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim bir moʻminning dunyo gʻam-tashvishlaridan birini aritsa, Alloh undan qiyomat kuni gʻam-tashvishlaridan birini aritadi. Kim qiyinchilikka tushganga yengillik koʻrsatsa, Alloh unga dunyo va oxiratda yengillik koʻrsatadi. Kim bir musulmonning (aybini) berkitsa, Alloh uning aybini dunyo va oxiratda berkitadi. Banda oʻz birodariga yordamda boʻlar ekan, Alloh ham bandaga yordamda boʻladi. Kim ilm istab bir yoʻlga kirsa, Alloh shu (ilm) sababli unga jannatga olib boruvchi yoʻlni oson qiladi. Qaysi bir qavm Allohning uylaridan bir uyda jamlanib, Allohning Kitobini tilovat qilib, uni oʻzaro oʻrganishsa, ularga albatta sakina (xotirjamlik) nozil boʻladi, ularni rahmat qoplab oladi, farishtalar ularni oʻrab oladi va Alloh ularni Oʻz huzuridagilar (farishtalar) orasida zikr etadi. Kimni ameli orqada qoldirsa, nasabi uni (oldinga) tezlatmaydi», dedilar.