- وعن أبي أمامة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "فضل العالم على العابد كفضلي على أدناكم" ثم قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "إن الله وملائكته وأهل السماوات والأرض حتى النملة في جحرها وحتى الحوت ليصلون على معلمي الناس الخير" ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن. )).
Abu Umoma al-Bohiliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning huzurlarida ikki kishi — biri obid, ikkinchisi olim zikr qilindi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Olimning obiddan afzalligi mening sizlarning eng oddiyingizdan afzalligim kabidir», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Albatta, Alloh, Uning farishtalari, osmonlar va yer ahli, hatto inidagi chumoli, hatto baliq ham odamlarga yaxshilikni oʻrgatuvchi kishiga (xayrli) duo qiladilar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir.