- وعنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من تعلم علمًا مما يبتغى به وجه الله عز وجل لا يتعلمه إلا ليصيب به غرضًا من الدنيا لم يجد عرف الجنة يوم القيامة" ((يعني ريحها))، ((رواه أبو داود بإسناد صحيح. )).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Kimki Alloh azza va jallaning yuzi (rizosi) talab qilinadigan bir ilmni, faqat u bilan dunyo molidan biror narsaga erishish uchungina oʻrgansa, qiyomat kunida jannatning hidini topa olmaydi». Yaʼni uning iforini (anqib turgan boʻyini topa olmaydi).