- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم أتي ليلة أسري به بقدحين من خمر ولبن، فنظر إليهما فأخذ اللبن، فقال جبريل صلى الله عليه وسلم: "الحمد لله الذي هداك للفطرة لو أخذت الخمر غوت أمتك” ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Meʼroj kechasida Rasululloh ﷺ ga xamr va sut solingan ikki idish keltirildi. U zot ikkoviga qaradilar va sutni oldilar. Shunda Jibril alayhissalom u zotga: «Sizni fitratga hidoyat qilgan Allohga hamdlar boʻlsin. Agar xamrni olganingizda, ummatingiz yoʻldan ozar edi», dedi.