- وعن أنس رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إن الله ليرضى عن العبد يأكل الأكلة فيحمده عليها، ويشرب الشربة، فيحمده عليها" ((رواه مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta Alloh bandaning bir luqma taom yeb, uning uchun (Allohga) hamd aytishidan yoki bir qultum (suv) ichib, uning uchun (Allohga) hamd aytishidan rozi boʻladi», — dedilar.