- وعن فضالة بن عبيد رضي الله عنه قال: سمع رسول الله صلى الله عليه وسلم رجلا يدعو في صلاته لم يمجد الله تعالى، ولم يصلِ على النبي صلى الله عليه وسلم، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم "عجل هذا" ثم دعاه فقال له -أو لغيره: إذا صلى أحدكم فليبدأ بتحميد ربه سبحانه، والثناء عليه، ثم يصلي على النبي صلى الله عليه وسلم ثم يدعو بعد ما شاء" رواه أبو داود والترمذي وقال حديث صحيح.
Rasululloh ﷺning sahobalari Fazola ibn Ubayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u shunday derdi: Rasululloh ﷺ bir kishining namozida Alloh taoloni ulugʻlamay va Nabiy ﷺga salovot aytmay duo qilayotganini eshitdilar-da: «Bu shoshildi», dedilar. Soʻng uni chaqirib, unga yoki boshqasiga: «Sizlardan biringiz namoz oʻqisa, avval ulugʻ va aziz Robbiga hamd aytish va Unga sano bilan boshlasin; soʻng Nabiy ﷺga salovot aytsin; keyin xohlagan narsasi bilan duo qilsin», dedilar.