- وعن أبي مسعود بن عبادة البدري، رضي الله عنه، قال: أتانا رسول الله صلى الله عليه وسلم، ونحن في مجلس سعد بن عبادة رضي الله عنه، فقال له بشير بن سعد: أمرنا الله تعالى أن نصلي عليك يا رسول الله، فكيف نصلي عليك؟ فسكت رسول الله صلى الله عليه وسلم، حتى تمنينا أنه لم يسأله، ثم قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "قولوا اللهم صلِ على محمد وعلى آل محمد كما صليت على آل إبراهيم وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على آل إبراهيم إنك حميد مجيد، والسلام كما قد علمتم" ((رواه مسلم)).
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz Saʼd ibn Ubodaning majlisida edik, Rasululloh ﷺ bizning oldimizga keldilar. Shunda Bashir ibn Saʼd u zotga: ‹Yo Rasululloh! Alloh taolo bizni sizga salavot aytishimizga buyurdi, sizga qanday salavot aytamiz?› dedi. Rasululloh ﷺ shunchalik jim turdilarki, hatto biz uni (Bashir) soʻramagan boʻlsa edi, deb orzu qildik. Soʻng Rasululloh ﷺ: ‹Shunday deng: Allohumma solli alo Muhammadin va alo oli Muhammadin kamo sollayta alo oli Ibrohima, va borik alo Muhammadin va alo oli Muhammadin kamo borakta alo oli Ibrohima fil-olamina, innaka hamidun majid. Salom esa siz bilganingizdek (bersangiz boʻladi)›, dedilar».