- وعن سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه قال: جاء أعرابي إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: علمني كلامًا أقوله. قال: "قل لا إله إلا الله وحده لا شريك له، الله أكبر كبيرا والحمد لله كثيرا وسبحان الله رب العالمين، ولا حول ولا قوة إلا بالله العزيز الحكيم” قال فهؤلاء لربي، فما لي؟ قال: "قل اللهم اغفر لي، وارحمني، واهدني، وارزقني" ((رواه مسلم)).
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir aʼrobiy Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: «Menga oʻzim aytadigan bir soʻzni oʻrgating», dedi. (U zot): «‹Lo ilaha illalloh, vahdahu lo sharika lah, Allohu akbaru kabiro, val-hamdu lillahi kasiro, subhanallohi robbil-olamin, lo havla va lo quvvata illa billahil-azizil-hakim› (Yolgʻiz Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq; Alloh ulugʻlikda eng buyukdir, Allohga koʻp hamdlar boʻlsin; olamlar Robbi Alloh pokdir; aziz va hakim boʻlmish Allohdan oʻzga (gunohdan saqlovchi) quvvat va (toatga) qudrat yoʻq) — deb ayt», dedilar. (Aʼrobiy): «Bular Robbim uchun (madh) boʻldi, menga (oʻzimga) nima boʻladi?» dedi. (U zot): «‹Allohummagʻfir li, varhamni, vahdini, varzuqni› (Ey Alloh, meni magʻfirat qil, menga rahm qil, meni hidoyat qil va menga rizq ber) — deb ayt», dedilar.